搜索
热搜: music
门户 Culture Language view content

Estoniya

2015-8-16 23:35| view publisher: amanda| views: 10166| wiki(57883.com) 0 : 0

description: Estoniya, Estoniya Respublikasi — Sharqiy Yevropada, Boltiq dengizi boʻyidagi davlat. Mayd. 45,2 ming km². Aholisi 1,408 mln. kishi (2003). Poytaxti — Tallin shahri Maʼmuriy jihatdan 15 uyezdga b ...
Estoniya, Estoniya Respublikasi — Sharqiy Yevropada, Boltiq dengizi boʻyidagi davlat. Mayd. 45,2 ming km². Aholisi 1,408 mln. kishi (2003). Poytaxti — Tallin shahri Maʼmuriy jihatdan 15 uyezdga boʻlinadi.

Davlat tuzumi

E. — parlamentli respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992 yil 3 iyulda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident (2001 yildan Arnold Ryuytel), u Davlat kengashi tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Ketmaket ikki muddatga saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 1 palatali parlament — Davlat kengashi (Riygikogu), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
Tabiati

E. hududi Sharqiy Yevropa tekisligining shim.gʻarbiy qismida joylashgan. E. qirgʻoq chizigʻining uz. 3780 km. Qirgʻoqlari, ayniqsa, gʻarbiy va shim.gʻarbi koʻp parchalangan, qoʻltiq va qoʻltiqchalar koʻp. E. hududida 1500 dan ortiq orol va orolcha bor. Yer yuzasining katta qismi pasttekislik (oʻrtacha bal. 50 m). Gʻarbiy qismi va Gʻarbiy Estoniya arxipelagi orollari hamda sharqiy chekkasi (Chud koʻli sohili)ning aksariyat qismi pasttekislik (eng yirigi torfli botqoqliklardan iborat Gʻarbiy Estoniya pasttekisligidir). E.ning shim. va markaziy qismi bal. 160 m gacha boʻlgan toʻlqinsimon tekislik. Virtsʼyarv qoʻlidan jan.sharqda E. hududining eng baland qismi — Xaanya (bal. 318 m), Otepya qirlari, ulardan gʻarbda Sakala qiri bor. Shim. va markaziy qismida morena yotqizigʻi bor. Asosiy qazilma boyliklari: yonuvchi slanets, fosforit, qurilish materiallari, torf, sapropel, shifobaxsh balchiqlar. Iklimi dengiz ikdimidan kontinentallikka oʻtuvchi oraliq iqlim, sharqi va jan.sharqida kontinentallik ortib boradi. Tallinda fevralning oʻrtacha t-rasi — 5,5°, iyulniki 16,6°. Iillik yogʻin 600–700 mm; eng koʻp yogʻin jan.sharqda yogʻadi. E.da suv tarmoqlari zich; 420 daryo bor. Barcha daryolarning umumiy uz. 31,2 ming km. Eng yiriklari: Pyarnu, Emayigi, Narva, Kazari. E. koʻl va suv omborlari maydoni boʻyicha Boltiq boʻyi davlatlari orasida 1 oʻrinda turadi; umumiy mayd. 2130 km²dan ortiq 1000 dan ziyod koʻl va suv omborlari bor. Eng yirik koʻllari: ChudPskov, Virtʼsyarv. Narva suv ombori bor. Tuproqdari, asosan, chimlipodzol, chimli karbonatli, botqoqlashgan va botqoq tuproqlar. E. aralash oʻrmonlar zonasida joylashgan. Hududining 40% oʻrmon; uning 2/3 qismi igna bargli daraxtlar (qaragʻay, qoraqaragʻay). Shim.gʻarbiy qismi va orollarda keng oʻtloqlar bor. Hayvonot dunyosi xilmaxil: sut emizuvchilardan los, yelik, qobon, malla quyon, oq quyon, boʻri, tulki; qushlardan qur, kaklik, karqur, bulduruq, ivolga va boshqalar yashaydi. Dengiz sohilida uchib oʻtadigan qushlar (gʻoz, oʻrdak, oqqush, gagara) qoʻp. Dengizning sohilga yaqin suvlari ovlanadigan baliq turlariga boy. E. hududida Viydumyae, Vilsandi, Matsalu, Nigula qoʻriqxonalari, Laxemaas milliy bogʻi bor.
Aholisi

Asosiy aholisi esshonlar; shuningdek, rus, ukrain, belorus, fin va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy til — eston tili. Dindorlarning aksariyati lyuteranlar va pravoslavlar. Shahar aholisi 71,5%. Yirik shaharlari: Tallin, Tartu, Narva.
Tarixi

Mil.av. 3-ming yillikda E. hududida finugor qabilalari yashagan. Mil. av. 2-ming yillik oʻrtalarida jezdan, 1-ming yillik oʻrtalarida esa temirdan asboblar ishlangan. Shu davrga kelib boltiq boʻyi fin qabilalari (estlar va livlar)ning uyushuvi boshlandi. 2-ming yillik boshida savdo markazlari, gavanlar [Tallin, Tartu (Yuryev)] paydo boʻldi. qadimiy qabilalarning hududiy uyushmasi va ularning ittifoqi vujudga keldi. Eston elati shakllana boshladi. 1030—61 yillarda E.ning jan.sharqiy qismi Kiyev Rusiga qaram boʻldi. 13-asrdan boshlab nemislar, keyinchalik daniyaliklar agressiyasi natijasida E.da davlat shakllanishi jarayoni toʻxtab qoldi. 13-asrning 2-yarmi — 16-asrning oʻrtalarida nemis salibchilari tomonidan bosib olingan E. hududi Livoniyaning bir qismi boʻlib qoldi. 1558 yil yanvarda Rossiya Livon urushiii boshladi. Rus qoʻshinlaridan yengilgan Livon ordeni tarqalib ketdi. 1572—77 yillarda Rossiya E.ning barcha qismini (Tallin va orollardan tashqari) bosib oldi, ammo Rech Pospolita va Shvetsiya qoʻshinlariningʻ qarshi hujumi (1580— 81) natijasida Shim. Estoniya (Estlyandiya) Shvetsiyaga, Janubiy Estoniya Rech Pospolitaga oʻtdi, Saaremaa o. Daniyada qoldi. Shvetsiya bilan Rech Pospolita oʻrtasidagi urushlar (1600— 11, 1617—29) natijasida 1625 yilga kelib Shvetsiya E.ning barcha materik qismini bosib oldi. 1645 yil Saaremaa o. ham Shvetsiyaga oʻtdi. 1656—58 yillarda Rossiya — Shvetsiya urushlari oqibatida Sharqiy E. Rossiyaga qoʻshib olindi, ammo 1661 yil urushdan avvalgi chegara qayta tiklandi. Shvetsiyaga qarashli Boltiq boʻyi Estlyandiya (Shim. Estoniya) va Liflyandiya (Janubiy Estoniya va Shim. Latviya) guberniyalariga boʻlindi. Shimoliy urush (1700—21) natijasida E.ning barcha qismi Rossiyaga qoʻshib olindi. Bu 1721 yilgi Nishtadt sulh shartnomasi bilan rasman tasdiqlandi. 1917 yil apr.da eston yerlari muxtoriyat maqomidagi alohida provinsiya qilib ajratildi. 1917 yil oktyabr oxirida shoʻro hokimiyati oʻrnatildi. 1918 yil 24 fevralda E. mustaqilligi eʼlon qilindi. 1918 yil 29 noyabrdan 1919 yil 5 iyungacha Estoniya sovet respublikasi (Estlyandiya mehnat kommunasi nomida) mavjud boʻldi. 1919 yil 19 mayda Taʼsis majlisi Estoniya respublikasi tuzilganligini eʼlon qildi; 1934 yil martda davlat toʻntarishi amalga oshirildi va diktatura oʻrnatildi, parlament tarqatib yuborildi. 1935 yil barcha siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlandi. 1940 yil iyulda E. hududiga sovet qoʻshinlari kiritiddi. 1940 yil 21 iyulda Estoniya SSR tuzildi. 1940 yil 6 avg .da SSSR tarkibiga qoʻshib olindi va estonlarning bir qismi deportatsiya qilindi. 1941 yil dek.dan nemisfashist qoʻshinlari tomonidan bosib olindi; 1944 yil ozod qilindi. 1988 yil 1—2 dek. da Estoniya xalq fronti tuziddi; u oʻz oldiga E. mustaqilligini tiklash vazifasini qoʻydi. 1990 yil 8 mayda Estoniya SSR Oliy Kengashi Estoniya Respublikasini eʼlon qildi. 1991 yil 20 avg .da E. Oliy Kengashi E. Respublikasining milliy mustaqilligi toʻgʻrisida qaror qabul qildi. E. 1991 yildan BMT aʼzosi. 1992 yil 20 fevralda OʻzR suverenitetini tan olgan va 1994 yil 10 oktyabrda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 24 fevral — Mustaqillik kuni (1918).

Asosiy siyosiy partiya va birlashmalari, kasaba uyushmalari. "Respublika" partiyasi, 2001 yil dek.da tuzilgan; E. birlashgan xalq partiyasi, 1994 yil tashkil etilgan; Islohotlar partiyasi, 1994 yil asos solingan; Moʻʼtadillar partiyasi, 1996 yil tuzilgan; Vatan ittifoqi, 1995 yil tashkil etilgan; E. sentristlar partiyasi, 1992 yil asos solingan; E. xalq ittifoqi, 2000 yil tuzilgan. E. kasaba utoshmalari markaziy ittifoqi, 1989 yil dek.da tashkil etilgan.
Xoʻjaligi

E. — industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat 24,3%, q.x. 6,2%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 69,5% ni tashkil etadi. Iqtisodiyotda slanets va fosforit qazib olish muhim oʻrin tutadi.

Sanoati mahalliy tabiiy resurslar, birinchi navbatda foydali qazilmalar hamda oʻrmon va dengiz boyliklari, q.x. xom ashyosidan foydalanish asosida rivojlanmoqda. Slanets qazib olish va uni qayta ishlash, mashinasozlik va metallsozlik (elektrotexnika, radiotexnika, priborsozlik va kema taʼmirlash), kimyo (mineral oʻgʻit, oltingugurt kislotasi, yuvuvchi vositalar ishlab chiqarish), yogʻochsozlik, mebel, sellyulozaqogʻoz, yengil (toʻqimachilik va boshqalar) va oziqovqat (goʻsht-sut, baliq, qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish) sanoatning yetakchi tarmoqlaridir. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Yiliga oʻrtacha 9,2 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi.

Qishloq xoʻjaligi goʻsht-sut chorvachiligi (qoramol, qoʻy, choʻchqa boqiladi) va tuzlangan hamda dudlangan choʻchqa goʻshti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan. Dehqonchilikda donli (42,2%; bugʻdoy, arpa, javdar) va yemxashak ekinlar, kartoshka, sabzavot ekiladi. Parrandachilik, moʻynali darrandachilik va asalarichilik rivojlangan.

Transportining asosiy turlari t.y. va avtomobil transporti. T.y. uzunligi 1,02 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 15 ming km (hammasi qattiq qoplamali). Asosiy dengiz portlari — Tallin, Novotallinskiy. Emayigi daryosida kema qatnaydi. E. chetga elektrotexnika va radioelektronika sanoati mahsulotlari, sanoat jihozlari, ximikatlar, oziqovqat va isteʼmol mollari, oʻrmon va yogʻochsozlik sanoati mahsulotlari chiqaradi. Chetdan neft va gaz, mashinasozlik sanoati mahsulotlari, xom ashyo oladi. Tashqi savdoda Rossiya, Sharqiy va Gʻarbiy Yevropa davlatlari va boshqalar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — eston kronasi.
Tibbiy xizmati

Vrachlar Tartu un^ tining tibbiyot ftida, oʻrta tibbiyot xodimlari Tallin, Tartu, KoxtlaYarvedagi tibbiyot bilim yurtlarida tayyorlanadi. Pyarnu shahrida iqlim va balchiq, Xaapsulada balchiq, NarvaYiesuu va Kuressaare shahrilarida iqlim kurortlari bor. Bundan tashqari, bir qancha sanatoriy va dam olish uylari mavjud.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. E. hududida dastlabki maktablar 13—14-asrlarda monastirlar qoshida paydo boʻlgan. E.da majburiy 8 yillik taʼlim joriy etilgan. Mamlakatdagi 600 ga yaqin umumiy taʼlim maktabi, 30 dan ziyod oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida 200 mingdan ortiq oʻquvchi, 6 oliy oʻquv yurti (Tartu universiteti, Tallin texnika unti, Tallin ped. instituti, E. teologiya inti, Estoniya q.x. akademiyasi, konservatoriya)da 20 mingdan ziyod talaba taʼlim oladi. I.t. lar Estoniya fanlar akademiyasi in-t va ilmiy muassasalarida olib boriladi. Shuningdek, qurilish, oʻrmon xoʻjaligi va tabiatni muhofaza qilish, pedagogika ilmiy tekshirish institutlari ham mavjud. E.da 700 ga yaqin kutubxona bor. Yiriklari: Tallindagi Davlat kutubxonasi, Tartu universiteti ilmiy kutubxonasi, Tallindagi ilmiytexnika kutubxonasi. 60 ga yaqin muzey mavjud. Yiriklari: Tallindagi Kardiorg saroyi, Pyotr 1 uymuzeyi, Tarixiy muzey, oʻlkashunoslik muzeyi, Tartudagi shahar tarixi muzeyi, universitet tarixi muzeyi, adabiyot muzeyi, O.Luts uymuzeyi, Virudagi F.R.Kreysvald uymuzeyi, KoxtlaYarvedagi slanets muzeyi.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. E.da bir qancha gaz. va jur. nashr etiladi. Asosiylari: "Kultuur ya elyu" ("Madaniyat va hayot", eston tilidagi oylik jur, 1858 yildan), "Maalext" ("Mamlakat", eston tilidagi haftanoma, 1987 yildan), "Molodej Estonii" ("Estoniya yoshlari", rus tilidagi kundalik gaz., 1950 yildan), "Raxva xyayal" ("Xalq ovozi"), eston tilidagi kundalik gaz., 1940 yildan), "Estoniya" (rus tilida haftada 5 marta chiqadigan gaz., 1940 yildan), "Eesti nayni" ("Estoniya xotin-qizlari", eston tilidagi oylik jur., 1924 yildan), "Eesti ekspress" ("Estoniya ekspressi", eston tilidagi haftanoma, 1989 yildan). ETA, Estoniya telegraf agentligi, 1918 yil tashkil etilgan; Boltiq yangiliklar xizmati, xususiy axborot agentligi, 1990 yil tuzilgan. E. radiosiga 1926 yil, E. televideniyesiga 1955 yil asos solingan.
Adabiyoti

19-asr oʻrtalarigacha eston xalqining maʼnaviy hayoti xalq ogʻzaki ijodiyoti (xalq qoʻshiqlari, ertak, maqol, matal va topishmoqlar)da oʻz ifodasini topdi. Birinchi yozma yodgorliklar 16-asrga oid. 17—18-asrlarda diniy ruhdagi asarlar yuzaga keldi. 18-asr oxiri — 19asr boshlarida didaktik dunyoviy adabiyot vujudga keldi. Eston milliy adabiyoti 19-asr oʻrtalarida paydo boʻldi. Maʼrifatparvar yozuvchi F.R.Felman, xalq ogʻzaki ijodi aossida "Kalevipoeg" dostonini yaratgan F.R.Kreysvald uning asoschilaridir. 1860—80 yillar adabiyotida xalq romantizmi va vatanparvarlik lirikasi ustunlik qildi, dramatik asarlar va romantik tarixiy qissalar yaratildi. 1890-y.larda tanqidiy realizm shakllandi. E.Vildening "Ayoz mamlakatiga" (1896) va "Temir qoʻllar" (1898) romanlari eston adabiyotida tanqidiy realizm yoʻnalishi va roman janriga asos boʻldi.

1900-y.lar boshida proletar adabiyoti va siyosiy satira paydo boʻldi (X.Pegelman, Yu.Lishenbax, Eessaaru Aadu). F.Tuglas, G.Suyts kabi adiblar neoromantizm vakillaridir. 1919 yildan keyin eston adabiyotiga nemis ekspressionizmi muhim taʼsir koʻrsatdi. Nasrda realistik uslub neoromantik, impressionistik va simvolistik shakllardan tobora ustun kela boshladi (A.X.Tammsaare, M.Metsanruk, M.Under, O.Luts, X.Visnaputs, I.Barbarus, A.Gaylit, yilSemper, A.Yakobson, Yu.Syutiste asarlari). 2-jahon urushi yillari (1939— 45) adabiyotga D.Vaarandi, R.Parve, E.Myannik va boshqalar kirib keldi. Urushdan keyingi yillarda shoirlar M.Raud, yilSemper, Yu.Smull, yozuvchilar A.Xint, R.Sirge, G.Leberext, E.Krusten, dramaturglar A.Yakobson, E. Rannet va boshqalar samarali ijod qildilar. 1960— 80 yillarda shoir va yozuvchilarning yangi avlodi adabiyotga zamonaviy falsafiyaxloqiy masalalarny olib kirdi. Bu davrda adabiyotga E.Beekman, E.Vetemaa, M.Traat, A.Valton va boshqalar yozuvchilar kirib keldi.
Meʼmorligi

E. hududidagi qadimiy meʼmorlik inshootlari mil. av. 3 va 2-ming yilliklarga taalluqli. Mil. av. 1-ming yillikda mustahkamlangan shaharchalar (Asva, Iru, Ridala), mil. 1-ming yillik boshlarida esa qishloqlar paydo boʻddi. 13-asrdan tosh meʼmorligi, xususan, qalʼalar (Tallindagi Vishgorod qalʼasi, 13—14-asrlar), mustahkamlangan cherkovlar (Valyala, 13-asr; Karya, 14-asr) qurish avj oldi. 14-asrdan gotika uslubida cherkov, ratushalar barpo etildi. 16-asrning 1-yarmida Uygʻonish davri yoʻnalishlari ham paydo boʻddi. 1640-y.larda E. meʼmorligiga barokko uslubi kirib kela boshladi [Narvadagi ratusha (1670) va birja (1704); Tallindagi Kadriorg saroybogʻ majmuasi (1718—25, meʼmorlar N.Miketti, M.Zemsov)]. Klassitsizm uslubi davrida jamoat binolari (Tartu universiteti binosi, 1803—09, meʼmor I.Krauze) va qoʻrgʻonlar qurildi. 19-asr 2-yarmi meʼmorlikda eklektizm, 20-asr boshlarida modern (milliy romantik yoʻnalish bilan), funksionalizm yoyildi. 1960-y.lardan boshlab yangi turar joy majmualari qurildi [Tallindagi Mustamyae (1961 yildan, meʼmorlar V.Tippel, L.Pettay va boshqalar), VyaykeIysmyae (1973 yildan, meʼmorlar M.Port, M. Meelak va boshqalar) massivlari]. Qishloq qurilishi rivojlandi (Yanedas sztexnikumining oʻquv korpusi, 1974, meʼmor V.Pormeyster; Viru tumanidagi "Linda" kzi idorasi, 1972, meʼmor T.Reyn), turar joy va jamoat binolari barpo etildi [Tallinda "Viru" (1972, meʼmorlar X.Sepmann, M.Port va boshqalar) va "Olimpiya" (1980, meʼmorlar T.Kallas, R.Kersten va boshqalar) mehmonxonalari, Parus sporti markazi (1980, meʼmorlar X. Sepmann, P.Yanes, X.Looveer va boshqalar), Madaniyat va sport saroyi (1980 — 81, meʼmorlar R.Karp, R.Altmyae va boshqalar), Tartuda "Vanemuyne" teatri (1967—70, meʼmorlar A.Volberg , P.Tarvas, U.Telpus va boshqalar)].
Tasviriy sanʼati

Eston xalqining qadimiy badiiy ijodiyoti, asosan, dehqonlarning amaliy bezak sanʼatida oʻz aksini topdi (kulollik, suyak va metall buyumlar yasash, tosh va yogʻoch oʻimakorligi, qoʻlda toʻqish, teriga naqsh solish). Gotika, Uygʻonish davri va barokko sanʼati davrida devoriy (freskalar) hamda dastgoh rassomligi, shuningdek, tosh va yogʻoch oʻymakorligi keng yoyildi.

19-asr 1-yarmida portret va manzara janrlari, grafika rivojlandi. 19-asr 60-y.laridan professional sanʼat taraqqiy etdi. Milliy rassomlik maktabining asoschisi yilKyoler, haykaltaroshlik maktabining asoschisi A. Veysenbergdir. 19-asr — 20-asr oʻrtalarida rassomlar A.Laykmaa, K. va P. Raud, N.Triyk, haykaltaroshlar A. Adamson va Ya.Koort ijodi diqqatga sazovor. 1920-y.lardaE. sanʼatining rivojlanishida Tartudagi "Pallas" badiiy maktabi katta rol oʻynadi. Bu davrda rassomlar A.Yoxani, K.Liymand, grafik X.Mugasto, haykaltaroshlar Ya.Koort, F.Sannamees, V.Mellik va boshqalar oʻz asarlarini yaratdilar. 1940-y.lardan keyin rassomlar E.Okas, E.Kits, N.Kormashov, L.Mikko, grafiklar G.Reyndorf, E.Eynmann, A. Bax, V.Tolli, P.Ulas, haykaltaroshlar A.Starkopf, E.Roos, A.Kaazik, M.Varik samarali ijod qildilar. Amaliy bezak sanʼati ustalari M.Adamson, E.AdamsonErik, M.Roosma, L.Erm, M.Ryaek va boshqalar oʻz ijodlari bilan shuhrat qozondilar.
Musiqasi

Eston xalq qoʻshiq (runo)lari, asosan, bir ovozli. Cholgʻu musiqasi xalq raqslari (polka, reynlender va boshqalar) bilan bogʻlangan. Musiqa cholgʻulari: vargan, turli naylar, volinka, konussimon kannel, bugʻsimon bilo va 18-asrdan skripka paydo boʻldi. 19-asrda garmon keng tarqaldi. 1857—61 yillarda milliy qoʻshiqlar toʻla nashr etildi ("Kalevipoeg", F.Kreysvald). Professional musiqa dastlab cherkov musiqasi bilan birga rivojlandi. 19-asrda birinchi xor va havaskor puflama sozlar orkestrlari tashkil etiddi. 1869 yildan anʼanaga aylanib qolgan milliy qoʻshiq bayramlari oʻtkaziladi. Xor musiqasi birinchi professional kompozitorlar (I.Kappel, K.Tyurinu, M.Xyarma) ijodida ham yetakchi musiqa boʻlgan. R.Tobias simfonik va vokalsimfonik musiqalar yaratdi. 20-asr 1-yarmida A.Kapp, X.Eller, M.Lyudig , E.Oya simfonik va kamer asarlar, M.Saar, K.Kreek va boshqalar xor musiqasini yaratdilar. E.Aav, A.Lemba, A.Vedro eston operasi, E. Tubin eston baleti asoschilaridir. Eston musiqa madaniyati gullabyashnashi E.Kapp, G.Ernesaks ijodi bilan bogʻliq. 1950-y.larning oʻrtalarida kompozitorlarning yangi avlodi (E.Tamberg , V.Tormis, Ya.Ryaets, A.Pyart) musiqaning mazmundorligini yangi vositalar bilan boyitdilar. Ijrochilar oʻrtasida xonandalar — T.Kuuzik, G.Ots, X.Krumm, T.Mayste, I.Kuusk, M.Voytes, A.Kaal, U.Tauts, dirijyorlar — N.Yarvi, E.Klas, R.Matsov, G.Ernesaks, O.Oya va boshqalar, skripkachilar — V.Alumyae, Yu.Gerrets, pianinochilar — B. Lukk, K.Randalu va boshqalar mashhur. E.da "Estoniya" davlat akademik opera va balet teatri (1906 yil tashkil etilgan, Tallin), Estoniya akademik erkaklar xori (1944), filarmoniya, konservatoriya (1919 yil asos solingan, Tallin), musiqa bilim yurtlari (Tallin, Tartu), Davlat simfonik orkestri ishlaydi.
Teatri

Dastlabki teatr tomoshalari 16-asrda lotin tilida, 17-asrda nemis tilida koʻrsatilgan. 1665 yil birinchi xususiy teatr paydo boʻldi. 1784 yil mahalliy ziyolilar Tallinda havaskor teatr tashkil etdilar. 1870 yil Tartudagi "Vanemuyne", Tallindagi "Estoniya" jamiyatlari huzurida milliy havaskor teatrlar tashkil etildi va ular 1906 yildan professional teatrlarga aylandi. Bu teatrlarda musiqali drama spektakllari, chet el klassiklari, milliy dramaturglar asarlari sahnalashtirildi. 1920—30 yillar Tallinda Drama teatri (1916—24), "Tonggi teatr" (1920—24), "Dramstudio" (1924 yil tashkil etilgan, 1937, yildan Eston drama teatri, 1952 yildan drama teatri), Ishchi teatri (1926— 41), Pyarnuda "Endla" (1911—53, keyinchalik Drama teatri), Narvada Narva teatri (1928—40) ishladi. Keyingi yillarda teatr sanʼati yanada taraqqiy etdi. E.da Davlat qoʻgʻirchoq teatri, Davlat akademik teatri, "Eski shahar studiyasi" (hammasi Tallinda), Tartudagi "Vanemuyne" davlat akademik teatrining dramatik truppasi, Pyarnudagi teatr va boshqalar teatrlar faoliyat koʻrsatadi. Teatr arboblaridan K.Ird, K.Karm, A.Lauter, Yu.Yarvet va boshqalar mashhur.
Kinosi

E. hududida dastlabki kinosyujetlar fransuz firmalari tomonidan suratga olindi (1908—14). 1914 yil fotograf Ya.Pyazuke birinchi eston badiiy filmini yaratdi. 1920-y.larda bir qancha xususiy kinofirmalar faoliyat koʻrsatdi. "Oʻtmish koʻlankalari" (1924) va "Rummu Yuri" (1929) filmlari professional ravishda suratga olingan dastlabki filmlardir. 1930 yil K. Myarska birinchi marta "Oltin qoʻngʻiz" nomli ovozli filmni yaratdi. 2-jahon urushidan keyin eston kinematografchilari "Lenfilm" kinostudiyasi bilan birgalikda "Qoʻrgʻon ichidagi hayot" (1947) va "Andrus baxti" (1955) filmlarini suratga oldilar (ikk&tasining rej. G.Rappaport). Keyinchalik eston kino ustalari "Xavfli burilishlar" (1961, rej.lar Yu.Kun, K.Kiysk), "Yarim kunlik parom" (1968), "Oʻlim qadrini murdalardan soʻra" (1977; ikkala filmning rej. K.Kiysk), "Oʻrmondagi buloq" (1973, rej.L. Layus), "Yashash va sevish davri" (1976, rej. V.Kyasper), "Nima eksang ..." (1980, rej. P.Simm) kabi filmlarni ekranga chiqardilar. Kino aktyorlari orasida E.Kivi, E.Kull, R.Allabert, T.Kark, L.Ulfsak, O.Eskola va boshqalar mashhur.

About us|Jobs|Help|Disclaimer|Advertising services|Contact us|Sign in|Website map|Search|

GMT+8, 2015-9-11 20:12 , Processed in 0.218549 second(s), 16 queries .

57883.com service for you! X3.1

返回顶部